Xitoy ishbilarmonlari O‘zbekistondagi investitsiya imkoniyatlari bilan tanishdi

Iyul 18, 2026. 11:30 • 59 soniya

80
Xitoy ishbilarmonlari O‘zbekistondagi investitsiya imkoniyatlari bilan tanishdi

SHENJEN, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. Shenjen shahrida O‘zbekistonning investitsiya, eksport va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi hamda “Futian Enterprises Service Centre” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 70 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari eksporti to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Tadbir doirasida Xitoyning “Dayang Group”, “Shenzhen Logistics and Supply Chain Management” hamda “Huasheng” kompaniyalari vakillari O‘zbekiston qonunchiligi, investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar va mamlakat orqali tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazdi.

Forumda joriy yil sentyabr oyida 20 dan ortiq Xitoy kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish