“Avesta” AA: Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralar o‘zaro aloqa va birgalikdagi o‘sish nuqtalariga aylanmoqda
Aprel 17, 2026. 12:14 • 2 daq
• 97
DUSHANBE, 17-aprel./“Dunyo” AA/. Ommabop “Avesta” axborot agentligida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, “O‘zmetkombinat” AJ va Tojikiston metallurgiya kombinati o‘rtasida strategik memorandum imzolandi.
Mazkur iqtisodiy kelishuv zamirida yuqori darajadagi o‘zaro ishonch turgani alohida taʼkidlangan. Bu voqea ikki davlat rahbarlarining to‘siqlarni bartaraf etish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasidagi islohotlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Agentlikning yozishicha, ushbu kelishuv Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmonning Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida amalga oshirilgan. Ushbu tashrif o‘zbek-tojik ishbilarmonlik aloqalariga yangi surʼat bag‘ishlagan.
Maqola yakunida bu kabi loyihalar nafaqat iqtisodiy samara berishi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarni rivojlantirish orqali ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashi qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi