O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Aprel 16, 2026. 10:55 • 49 soniya
• 153
TOSHKENT, 16-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar eʼtibor markazida bo‘ldi. Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida taʼlim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi