O‘zbekiston delegatsiyasi Londondagi xalqaro forumda muhim kelishuvlarga erishdi
May 21, 2026. 09:55 • 2 daq
• 176LONDON, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon taʼlim forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklari, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi vakillari o‘rin oldi.
Ushbu forum anʼanaviy ravishda, har yili Londonda o‘tkaziladi. Bu galgi forumda butun dunyodan 150 dan ziyod taʼlim sohasining nufuzli vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda ekspertlar taʼlim sohasiga oid masalalar hamda bu borada kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohaza almashdi.
Tashrif davomida Britaniya taʼlim vazirligi va uning huzuridagi tashkilotlar, Britaniya kengashi, “AQA”, “Pearson”, “Efekta”, “University of Roehampton London”, “Times Higher Education”, “UCL”, “Universities UK International”, “Advance HE” vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Suhbat jarayonida yurtimiz taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, akkreditatsiya jarayonlariga xorijiy ekspertlarni jalb qilish, akademik va institutsional hamkorlikni kengaytirish, OTMlarni xalqaro reytinglarga kirish choralari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi “AQA” va “Pearson” tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Mazkur hujjatga ko‘ra, taʼlim sifatini tashqi baholash va xalqaro mutaxassislarni jalb etish, malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, transmilliy taʼlim va qo‘shma taʼlim loyihalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston va Polsha oliy taʼlim muassasalari qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda








