O‘zbekiston delegatsiyasi Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi
Avgust 19, 2026. 19:00 • 57 soniya
• 1
TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha Tehron shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzane Sodiq bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar transport-tranzit sohasidagi O‘zbekiston-Eron hamkorligining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, transport va tranzit aloqalarini yana-da kengaytirish, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika yo‘nalishlari samaradorligini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish va transport-logistika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi