O‘zbekiston delegatsiyasi Xorvatiya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
May 21, 2026. 17:55 • 2 daq
• 127
ZAGREB, 21-may. /“Dunyo” AA/. 17–21-may kunlari O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Kamilovning Xorvatiyaga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Dastur doirasida Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich, Bosh vazir o‘rinbosari – dengiz, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkovich, tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich-Radman, turizm va sport vaziri Tonchi Glavina bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Xorvatiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashinuvini faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni ilgari surish, idoralararo aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Suhbatdoshlar transport va logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm, infratuzilmani rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligini taʼkidladilar.
Tashrif doirasida Xorvatiyaning yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda ikki mamlakat ishbilarmon jamoalari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xorvatiya kompaniyalarining 2026-yil 16–18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tashrif yakunida tomonlar O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi sheriklikni yana-da mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan birdek manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Hindistonning nufuzli delegatsiyasi Toshkentda o‘tayotgan tibbiy texnologiyalar va farmatsevtika xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri bilan uchrashdi


