O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva va Krasnogorskda vatandoshlar bilan uchrashdi

Sentabr 01, 2026. 17:00 • 57 soniya

15
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva va Krasnogorskda vatandoshlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva va Krasnogorskda vatandoshlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva va Krasnogorskda vatandoshlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva va Krasnogorskda vatandoshlar bilan uchrashdi

MOSKVA-KRASNOGORSK, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva va Krasnogorsk shaharlarida mehnat qilayotgan 650 nafarga yaqin hamyurtlarimiz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Five Towers”, “RENKONS” va “SberSiti” obyektlarida ishlayotgan vatandoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda konsullik-huquqiy himoyani taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya vakillari yurtdoshlarimiz murojaatlarini ko‘rib chiqib, muammoli masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berdi va amaliy yordam ko‘rsatdi.

Delegatsiya vakillari vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar ish beruvchilar va vakolatli idoralar bilan birgalikda keyinchalik ishlab chiqish uchun nazoratga olindi.

Fuqarolarimiz bilan Rossiya qonunchiligi, mamlakatda bo‘lish qoidalari va jamoat tartibiga rioya etish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Xavfsizlik talablari hamda uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi tahdidi yuzaga kelganda harakatlanish tartibi alohida tushuntirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish