Rossiya va O‘zbekistonda diplomatik munosabatlarning 35 yilligi sharafiga madaniyat kunlari o‘tkaziladi

Sentabr 01, 2026. 15:30 • 2 daq

10
Rossiya va O‘zbekistonda diplomatik munosabatlarning 35 yilligi sharafiga madaniyat kunlari o‘tkaziladi

TOSHKENT, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. “Rossiya” milliy markazi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi sharafiga madaniyat kunlarini o‘tkazishga kelishib oldi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

“Rossiya” milliy markazining maʼlumotiga ko‘ra, tadbirlar 2027-yilning mart oyiga mo‘ljallangan. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumida maʼlum qilindi.

Dastur doirasida madaniy, taʼlimiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkaziladi. O‘zbekistonda Rossiya va O‘zbekiston sanʼatkorlari ishtirokida “Xorovod” musiqiy-xoreografik tomoshasini namoyish etish, Moskvada esa O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan kecha o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston tarixchilari, sanʼatshunoslari hamda madaniyatshunoslari ishtirokida qo‘shma maʼruzalar va ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar va ishbilarmonlik aloqalarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish