Maskatda O‘zbekiston delegatsiyasi O‘mon parlamenti yuqori palatasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Iyul 01, 2026. 22:00 • 46 soniya
• 2
TOSHKENT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun Maskat shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev O‘mon Davlat kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi o‘rinbosari Salim bin Musallim Qatan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, xalq diplomatiyasini mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi