Logo

Turkiyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Dekabr 07, 2025. 10:50 • 2 daq

311
Turkiyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

ISTANBUL, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Istanbul universiteti va Fotih tumanidagi “Ali Amiri” madaniyat saroylarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Bosh konsulxona tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari qo‘mitasi, Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi, “O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Bayram uchrashuvlarida Istanbuldagi o‘zbek diasporasi aʼzolari, talabalar va mahalliy aholi vakillari qatnashdi.

Tadbirlarda so‘zga chiqqan Bosh konsulxona diplomatlari vatandoshlarimizni Konstitutsiya bayrami bilan tabriklab, ushbu sananing hayotimizdagi tarixiy, huquqiy va maʼnaviy ahamiyatini anglatib, konstitutsiyamiz amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning asosi sifatida muhimligini taʼkidladi.

Yangilangan konstitutsiyaning 23-moddasida – O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi belgilangani taʼkidlandi.

Bosh konsul o‘zbek diasporasi vakillarini madaniy-maʼrifiy va iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirish borasida faol ishtirok etishga, milliy o‘zligimizni saqlashga va Turkiya bilan do‘stona munosabatlarimizni mustahkamlashga chaqirdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi raisi o‘rinbosari Boliddin Sanayev Istanbuldagi o‘zbek diasporasi vakillarining Prezidentimiz islohotlarini targ‘ib etishdagi rolini taʼkidlab, davlatning yangi tashabbuslarga ochiqligini va vatandoshlar birligining ahamiyati yuqori ekanini qayd etdi.

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bekzod Shukurov islohotlarning ahamiyati, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash va xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash choralariga eʼtibor qaratdi.

O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodov Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi maʼnaviy ahamiyati va milliy o‘zligimizni shakllantirishdagi o‘rnini yuksak baholab, yoshlar tarbiyasida tarix va anʼanalarni hurmat qilishning muhimligini taʼkidlab o‘tdi.

Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi raisi Otabek Shavkatov hukumatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosati, yoshlarning o‘z ona tili, madaniyati va anʼanalarini saqlash borasidagi tavsiya va eʼtiroflari yetkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekistondan tashrif buyurgan o‘zbek estradasi vakillari Baxriddin Zuxriddinov va Dilafruz Mirzayeva o‘zbek va turk milliy qo‘shiqlar ijrosi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mazkur madaniy uchrashuv Istanbuldagi diaspora vakillarini yana-da birlashtirish, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etish va mamlakatimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish