Logo

Kanadaning Toronto shahridagi tog‘-kon sanoati va geologiya bo‘yicha xalqaro kongressda “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tadi

Mart 01, 2026. 16:00 • 2 daq

26
Kanadaning Toronto shahridagi tog‘-kon sanoati va geologiya bo‘yicha xalqaro kongressda “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tadi

TORONTO, 1-mart. /“Dunyo” AA/. Kanadaning eng yirik shaharlaridan birida - Torontoda bo‘lib o‘tadigan tog‘-kon sanoati va geologiya bo‘yicha nufuzli “PDAC - 2026” kongressi doirasida O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekiston kuni” tadbirini tashkil etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

PDAC (Prospectors & Developers Association of Canada) Convention – dunyodagi eng yirik kon-qazilma va geologiya sohasiga ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma-konferensiya hisoblanadi.

Tadbirda O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi Favqulodda va muxtor elchisi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda yetakchi milliy kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.

“O‘zbekiston kuni” – mamlakatimizning geologik salohiyati va sarmoyaviy imkoniyatlarini, “Kon – metall – bozor” tamoyili bo‘yicha to‘liq ishlab chiqarish-sotish zanjiriga asoslangan kompleks sanoat modelini taqdim etish uchun muhim maydondir.

Tadbirlar 2026-yil 1-mart kuni PDACning Shimoliy binosida 202-B anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar Kanada Savdo Komissiyasi (TCS) tomonidan tashkil etilgan PDAC global davra suhbatlari doirasida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston global davra suhbati” sessiyasiga taklif qiladi.

2-mart, 14:30-16:00, Shimoliy korpus, 104-A zal.

Sessiya davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning texnologik metallar sohasidagi sarmoyaviy salohiyati, chuqur qayta ishlash va keyingi ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi sanoat modeli haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘ladi.

Tashkilotchilar joylar soni cheklanganiga eʼtibor qaratishmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

📩 anna.ilhan@uztmk.uz

PDAC ko‘rgazmasi davomida sizlarni Shimoliy korpusdagi 7523N-sonli stendimizda ham ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz. U yerda siz loyihalarni amalga oshirish va O‘zbekiston texnologik metallurgiya kombinati bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish