Logo

O‘zbekiston va Pokiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

Fevral 28, 2026. 22:35 • 36 soniya

22
O‘zbekiston va Pokiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

TOSHKENT, 28-fevral. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dor bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, ­– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi so‘nggi vaziyat yuzasidan fikr almashdik. Vazminlikni saqlash va vaziyatni yana-da keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi taʼkidlandi.

Mavjud qarama-qarshilikni yumshatish va barqarorlikni taʼminlash maqsadida o‘zaro ishonch hamda izchil muloqotning ahamiyati zarurligi alohida qayd etildi”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish