O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Belarus elchisi yil davomida erishilgan ikki tomonlama hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar va 2026-yilda o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar rejasi bo‘yicha fikr almashdilar
Dekabr 10, 2025. 11:21 • 39 soniya
• 106
TOSHKENT, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov kecha Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar joriy yilda O‘zbekiston–Belarus munosabatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini ko‘rib chiqdilar.
Ikki tomonlama hamkorlikning izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu esa siyosiy muloqot faollashuvi, savdo hajmining barqaror o‘sishi, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida loyihalarning amalga oshirilishi, parlamentlararo aloqalarning davom etishi hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarning kuchayishi orqali namoyon bo‘lmoqda.
Shuningdek, uchrashuv davomida 2026-yilda o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar, jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflar bo‘yicha fikr almashildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIV homiyligida maktab o‘quvchilariga taʼlim jihozlari va esdalik sovg‘alari topshirildi