TIV homiyligida maktab o‘quvchilariga taʼlim jihozlari va esdalik sovg‘alari topshirildi
Dekabr 07, 2025. 13:15 • 30 soniya
• 152TOSHKENT, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev va masʼul xodimlar poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan vazirlik homiyligidagi 123, 129, 197 va 203-maktablarga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning bilim olishda faol ishtirok etishi, Vatan ravnaqi yo‘lida intilishi va masʼuliyati muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va diplomatiya sohasi haqida ham maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida maktab o‘quvchilariga o‘quv qo‘llanmalari va taʼlim muassasalarining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur texnik vositalar topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


