Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Xitoy elchisi 2026 yilda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar

Dekabr 09, 2025. 16:50 • 32 soniya

107
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Xitoy elchisi 2026 yilda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov XXR elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston–Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining kun tartibidagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik surʼati ortib borayotgani, turli darajadagi tashrif va muloqotlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

2026 yilda ikki va ko‘p tomonlama qo‘shma tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. 

 “Dunyo”AA olgan rasm

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish