Minskda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

May 22, 2026. 08:10 • 56 soniya

161
Minskda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

MINSK, 22-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Belarus poytaxtidagi “Mekanstroygroup” va “Azimut Business Group” korxonalarida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif chog‘ida vatandoshlarning yashash va mehnat sharoitlari o‘rganilib, ularning ish faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklari, murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan profilaktik suhbat chog‘ida yurtdoshlarga Belarusda bo‘lish qoidalari va mahalliy qonunchilikka qatʼiy rioya qilish zarurati tushuntirildi, noqonuniy tuzilmalar faoliyatiga jalb qilinishning oldini olish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizning Minskdagi elchixonasi va “Worknet” xususiy bandlik agentligi hamkorligida og‘ir moliyaviy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi A.A.ga vatanga qaytishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish