Logo

O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi

Aprel 25, 2026. 10:00 • 53 soniya

146
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi

VOLOGDA, 25-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasi Vologda viloyatiga tashrifi doirasida mintaqadagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamda o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda vatandoshlarning taʼlim olish va yashash sharoitlari hamda ijtimoiy moslashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Vologda davlat universiteti, Cherepovesk davlat universiteti va N.V.Vereshagin nomidagi Vologda davlat sut xo‘jaligi akademiyasi masʼullari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadovning Vologda viloyati Savdo-sanoat palatasida viloyat biznes hamjamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston mintaqalari va Vologda viloyati ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish