Logo

Yekaterinburgda konsullik-huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Fevral 20, 2026. 10:52 • 44 soniya

50
Yekaterinburgda konsullik-huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Yekaterinburgda konsullik-huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

YEKATERINBURG, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatlari Yekaterinburgda qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga berilmaslik, turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Diplomatlar vatandoshlarni hushyorlikka va qonun ustuvorligiga amal qilishga chaqirdi.

Muloqot davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan qator huquqiy masalalar bo‘yicha batafsil maslahat oldi. Jumladan, xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish, O‘zbekiston hujjatlaridan Rossiya hududida foydalanish tartibi, farzandlarni mahalliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kiritish hamda pensiya taʼminotiga oid savollarga javob berildi.

Shuningdek, vatandoshlarimizga Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va mahalliy tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilish, xorijda o‘zbek diasporasining ijobiy imijini saqlash va mustahkamlash zarurligi eslatib o‘tildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ko‘rsatilgan eʼtibor va kasbiy tushuntirishlar uchun Bosh konsulxona xodimlariga minnatdorlik bildirib, bu kabi muloqotlar ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish