“Asdaa Oman”: O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy strategik sheriklik tobora mustahkamlanib bormoqda
Fevral 20, 2026. 14:40 • 55 soniya
• 54
MASKAT, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘monning mashhur “Asdaa Oman” nashrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashington shahriga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va qo‘shma loyihalar taqdimoti marosimidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, uchrashuvlarda AQSh hukumati va moliya institutlari vakillari – yirik tadbirkorlar, prezidentning maxsus vakillari, Eksimbank prezidenti, Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi raisi hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etgan.
O‘zbekiston yetakchisi yangi formatdagi muloqot strategik iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi. AQSh bilan hamkorlik ishonch, aniq qoidalar va uzoq muddatli istiqbol tamoyillari asosida qurilayotgani qayd etilgan.
Eng muhim xomashyo, neft-kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi va parrandachilik sohalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Qo‘shma Ishbilarmonlar va investitsiyalar kengashi imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda hududlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi aytilgan.
“Tadbir davomida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, foydali qazilmalarni qazib olish, parrandachilik klasterini rivojlantirish, agrosanoat majmuasi va moliya bozorini takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi”, deya xulosa qilingan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
