Logo

O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi

Dekabr 03, 2025. 17:36 • 38 soniya

54
O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi

KOPENGAGEN, 3-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Daniya poytaxtida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida diplomatlarimiz O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berdi. Shuningdek, fuqarolarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari ham muhokama qilindi.

BMT tashkilotlari tizimi xodimlari, moliya sektori, kreativ iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa turli kasbiy faoliyat sohalari vakili bo‘lgan vatandoshlarimiz yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston–Daniya hamkorligini faollashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

Shu bilan bir qatorda, Daniyada madaniy diplomatiya, turizm va O‘zbekiston brendini keng targ‘ib qilishda diasporaning faol ishtiroki bo‘yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish