Belgiyada vatandoshlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi
Dekabr 03, 2025. 09:29 • 43 soniya
• 99ANTVERPEN, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. Belgiyaning Antverpen shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir hamda sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Antverpenda va unga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi vatandoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy qadriyatlar va mustaqillik g‘oyalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Belgiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasini yana-da jipslashtirish, ularning Vatan bilan aloqalarini kuchaytirish hamda boy madaniy va tarixiy merosimizni chet davlatlarida yana-da kengroq targ‘ib qilish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir doirasida Elchixona konsuli tomonidan vatandoshlar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi. Qabul chog‘ida fuqarolarning huquqiy, konsullik va hujjatlashtirish masalalari yuzasidan murojaatlari eshitildi va joyida amaliy ko‘mak berildi.
Uchrashuv yakunida Elchixona tashabbusi bilan vatandoshlar uchun tortilgan milliy taom – o‘zbek palovi tadbirga yana-da bayramona ruh bag‘ishladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi
O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi

