Logo

Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi

Dekabr 06, 2025. 12:46 • 53 soniya

68
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi

SANKT-PETERBURG, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vakillarimiz dastlab, Leningrad viloyati, Kirov tumani, Naziya aholi punktidagi Kingisepp mashinasozlik zavodida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan ko‘rishdi. Ular bilan ish sharoiti, korxonada yaratilgan imkoniyatlar, mavjud muammo va kamchiliklar haqida suhbat qilindi.

Sankt-Peterburg shahridagi “Meribel” yotoqxonasiga ham tashrif uyushtirilib, vatandoshlar holidan xabar olindi. Bu yerda yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Hal etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tildi.

“Baltiyskiy-Bereg” MCHJ korxonasida vaqtinchalik ishlab kelayotgan vatandoshlarimiz bilan tashkil etilgan uchrashuv ham samarali o‘tdi. Uchrashuvda hamyurtlar bilan mehnat faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar haqida fikr-mulohaza almashildi. Vatandoshlar kayfiyatini ko‘tarish maqsadida O‘zbekistondan tashrif buyurgan estrada ijrochilari chiqishi namoyish etildi.

Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi “Millatlar uyi”da vatandoshlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv samimiy va ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Mehnat faoliyatida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish