Logo

ICD O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes imkoniyatlarini kengaytiradi

Dekabr 31, 2025. 11:50 • 2 daq

655
ICD O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes imkoniyatlarini kengaytiradi

QOHIRA, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun “Anor bank”ga 10 million dollar miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Misrning “Sada al-Balad” nashrida eʼlon qilingan maqolada taʼkidlanishicha, ushbu kelishuv ICD “Anor bank”ni moliyalashtirgan birinchi ko‘p tomonlama rivojlanish banki sifatida ishtirok etgan birinchi bitim bo‘lib, mamlakatda xususiy sektor o‘sishini tezlashtirish uchun strategik asos yaratdi.

Bitim shartlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga, xususiy sektorning islomiy moliyaviy yechimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi. Bu “Anor bank”ning butun O‘zbekiston bo‘ylab barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha missiyasiga to‘liq mos keladi.

Ushbu moliyalashtirish mexanizmi “Anor Bank”ning strategik maqsadlarini amalga oshirishda muhim bosqich hisoblanadi. Xususan, u kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni kuchaytirish, xususiy sektorni moliyalashtirish hajmini kengaytirish, islom moliyasini targ‘ib qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shishga qaratilgan.

Ushbu tashabbus ICDning kichik va o‘rta biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va tashkilotga aʼzo mamlakatlarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari sifatida xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan strategik mandatiga to‘liq mos keladi.

Kelishuv ICD ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi doktor Xolid Xalafallax va “Anor Bank” boshqaruvi raisi Sherzod Akramov tomonidan imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish