O‘zbekistonlik yosh futbolchilar Shvetsiyadagi nufuzli xalqaro turnirda yuqori natijalarni qayd etdi
Iyul 19, 2026. 12:20 • 2 daq
• 573GYOTEBORG, 19-iyul. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida 13–16-iyul kunlari dunyodagi eng yirik yoshlar va inklyuziv futbol musobaqalaridan biri – “Gothia Cup 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
1975-yildan buyon anʼanaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqada joriy yil dunyoning 78 mamlakatidan 1 ming 956 jamoa ishtirok etdi. Turnir yoshlar va inklyuziv futbol sohasidagi eng nufuzli xalqaro maydonlardan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Musobaqada mamlakatimiz sharafini “Special Olympics Uzbekistan” tashkilotining o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari munosib himoya qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi turnir davomida yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga intilishini namoyon etdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, yurtimizning o‘g‘il bolalar jamoasi o‘z toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Qizlar jamoasi esa finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning kumush medali sohibi bo‘ldi.
Mazkur yutuqlar mamlakatimizda inklyuziv sportni rivojlantirish, intellektual rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega shaxslarni sportga keng jalb etish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
Turnir doirasida O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi diplomatlariyurtimizdan kelgan yosh sportchilar va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida jamoalarning musobaqada erishgan yuqori natijalari O‘zbekiston sportining xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



