“Finančné Noviny” gazetasi: Toshkent xalqaro moliya markazi O‘zbekistonning xorijiy biznes uchun jozibadorligini oshiradi
Iyul 19, 2026. 15:20 • 56 soniya
• 169
BRATISLAVA, 19-iyul. /“Dunyo” AA/. Toshkent xalqaro moliya markazining (TIFC) tashkil etilishi mamlakat moliya sektorini rivojlantirish va xorijiy investorlarni jalb etishga qaratilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Slovakiyaning “Finančné Noviny” gazetasida yozilishicha, mazkur markaz ingliz huquqi tamoyillarini qo‘llagan holda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadi. Bu esa O‘zbekistonning xorijiy ishbilarmon doiralar uchun jozibadorligini yanada oshirishi lozim.
Loyiha konsepsiyasi va huquqiy bazasini ishlab chiqish uchun dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalari, jumladan, ‘White & Case”, “PwC” va “Ernst & Young” jalb etildi.
Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) mamlakatning Markaziy Osiyodagi moliyaviy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashi hamda uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini kengaytirishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi