“AJP” gazetasi: O‘zbekiston va Janubiy Koreya sanoat hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

Sentabr 04, 2026. 12:00 • 2 daq

15
“AJP” gazetasi: O‘zbekiston va Janubiy Koreya sanoat hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

SEUL, 4-sentabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “AJP” gazetasi Seulda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasidagi sanoat vazirlari muloqotining yangi formatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, “C5+Korea” sanoat vazirlari muloqoti davlat rahbarlari sammitlari oralig‘ida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va loyihalarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Sammit kun tartibidan sanoatni modernizatsiya qilish, infratuzilma, muhim minerallar, energetika, kadrlar tayyorlash va xususiy sektor ishtiroki kabi masalalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga Koreya Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari 8 milliard dollardan oshdi. 2026-yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo hajmi qariyb 1 milliard dollarga yetdi.

Maqolada muhim minerallar yo‘nalishiga eʼtibor qaratilib, O‘zbekiston–Janubiy Koreya Nodir metallar va qotishmalar ilmiy-texnologik markazi materialshunoslik, qayta ishlash texnologiyalari, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash sohalarida ish olib borayotgani qayd etilgan.

2024–2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston–Janubiy Koreya Iqtisodiy rivojlanish hamkorligi jamg‘armasi dasturi doirasida 2 milliard dollarlik imtiyozli moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Yangi loyihalar uchun davlat kafolatlarisiz va davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish mexanizmlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish