“The Nation”: O‘zbekistonning “Samarkand–2028” sunʼiy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi

Avgust 06, 2026. 17:00 • 2 daq

103
“The Nation”: O‘zbekistonning “Samarkand–2028” sunʼiy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi
“The Nation”: O‘zbekistonning “Samarkand–2028” sunʼiy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi

ISLOMOBOD, 6-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Nation” nashrida “Samarkand–2028” sunʼiy yo‘ldoshi Xitoydan muvaffaqiyatli uchirilgani haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, “Samarkand–2028” sunʼiy yo‘ldoshi Xitoyning Shandun provinsiyasi sohillari yaqinida joylashgan kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirildi. Sunʼiy yo‘ldosh Xitoyning “STAR.VISION Aerospace Group Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va yig‘ildi. Bu O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini namoyon etmoqda.

Qo‘shma sunʼiy yo‘ldosh loyihasi qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va tabiiy ofatlarni monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari mazkur missiya uchun ilg‘or sunʼiy intellekt modulini ishlab chiqqan. Ushbu modul giperspektral maʼlumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sunʼiy yo‘ldoshning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi.

Bu texnologiya maʼlumotlarni uzatish samaradorligini oshiradi, tahlil jarayonini tezlashtiradi hamda kosmik texnologiyalarda sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini yana-da kengaytiradi.

Gazetada qayd etilishicha, mazkur missiya O‘zbekiston tarixidagi yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri sifatida baholanmoqda. U mamlakat milliy kosmik dasturini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kosmos hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Bu haqdagi yangilik Pokistonning “Infora News” onlayn nashrida ham eʼlon qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish