Logo

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 5 yoshli bemor yurtdoshimizni vatanga qaytarishga ko‘maklashdi

Mart 06, 2026. 12:38 • 2 daq

105
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 5 yoshli bemor yurtdoshimizni vatanga qaytarishga ko‘maklashdi

ISTANBUL, 6-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida yurtdoshimiz – 2025-yil dekabr oyidan beri “Acıbadem” xususiy shifoxonasida og‘ir kasallik bilan kurashayotgan 5 yoshli Z.S ismli qizaloq malakali shifokorlar va yaqinlari hamrohligida vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh konsulxona o‘zining telegram-kanali orqali “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi vakillariga, Turkiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklariga, shuningdek, “Acıbadem” xususiy klinikasi mutaxassislariga ushbu xayrli tashabbusni amalga oshirishda yaqindan yordam bergani va hamkorlik qilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

“Bemor qiz va uning yaqinlariga tezroq sog‘ayib ketishini va mustahkam sog‘lik tilab qolamiz”, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.

Shu bilan birga, diplomatlar so‘nggi paytlarda Turkiyada tibbiy xizmat ko‘rsatish niqobi ostida sodir bo‘layotgan firibgarlik holatlari yuzasidan hushyorlikka chaqirgan. Yurtdoshlarimizga tibbiy xizmat bilan bog‘liq masalalarda ishonchli manbalarga murojaat qilish tavsiya etildi.

Surat O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi telegram -kanalidan olindi

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish