Osakadagi vatandoshlar ishtirokida sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Aprel 13, 2026. 12:03 • 49 soniya
• 130OSAKA, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Yaponiyaning Osaka shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida konsullik sayyor-qabuli tashkil etilib, unda fuqarolarimiz va ularning voyaga yetmagan farzandlariga konsullik xizmatlari, jumladan, biometrik pasportlar, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, notarial hujjatlar va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish xizmatlari ko‘rsatildi.
Shu bilan birga, yo‘l harakati xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijdagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, jumladan, “Vatandosh” kartasini joriy etish, shuningdek, yoshlar va diaspora vakillari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ham maʼlumot berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


