O‘zbekiston diplomatlari Belarusdagi Grodno davlat universitetiga tashrif buyurdi
Aprel 07, 2026. 14:30 • 2 daq
• 111
GRODNO, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi elchixona diplomatlari Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu oliy taʼlim muassasasida bugungi kunda 70 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabalar qo‘shma taʼlim dasturlari asosida, kunduzgi shaklda tahsil olmoqda.
Uchrashuv davomida elchixona vakillari vatandosh yoshlarga Belarus hududida bo‘lish tartibi, amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilish zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, ularni diniy ekstremistik oqimlarga qo‘shilmaslik, narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga aralashmaslik, ularni saqlash, tashish, sotish yoki isteʼmol qilishdan tiyilish kabi masalalar yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Elchixona tomonidan ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlari hamda fuqarolarning konsullik hisobida turishi tartibi haqida ham batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida sayyor qabul tashkil etilib, unda vatandoshlar tomonidan berilgan savollarga tegishli huquqiy javob qaytarildi. Bir nechta talabaning murojaatlari joyida hal etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi