Logo

O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari muzokaralar chog‘ida energetika sohasidagi hamkorlik barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda muhim o‘rin tutishini taʼkidladilar

Aprel 14, 2026. 17:48 • 56 soniya

218
O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari muzokaralar chog‘ida energetika sohasidagi hamkorlik barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda muhim o‘rin tutishini taʼkidladilar
“Dunyo” AA rasmi

TOSHKENT, 14 aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh bugun davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Kristofer Kleyn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari janob Kristofer Kleyn bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildik, barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda energetika sohasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish