Logo

Lissabondagi O‘zbekiston-Portugaliya biznes forumida barqaror, innovatsiyalarga yo‘naltirilgan hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi

Aprel 09, 2026. 17:09 • 2 daq

103
Lissabondagi O‘zbekiston-Portugaliya biznes forumida barqaror, innovatsiyalarga yo‘naltirilgan hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi

LISSABON, 9-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Portugaliya biznes forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Portugaliyaning yetakchi kompaniyalari va investitsiya doiralari vakillari – O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan do‘stlarimizni O‘zbekiston-Portugaliya biznes-forumida ko‘rishdan mamnun bo‘ldik, , – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Global iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar sharoitida barqaror taʼminot zanjirlarini shakllantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdik.

Muhandislik, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, turizm, axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun kuchli salohiyat mavjudligini ko‘rmoqdamiz.

Forum iqtisodiyotlarimizning bir-birini to‘ldiruvchi kuchli jihatlarini yuzaga chiqardi hamda barqaror, innovatsiyaga yo‘naltirilgan hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy qiziqishlarimizni namoyon etdi.

Biznes-forumni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Portugaliya sanoat assotsiatsiyasi vitse-prezidenti J.Paish janoblariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish