O‘zbekiston–Ispaniya biznes forumida hamkorlikning yangi loyihalari muhokama qilindi
Aprel 08, 2026. 09:36 • 2 daq
• 147
MADRID, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Madridda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Ispaniya biznes-forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumi ishbilarmon doiralarimiz o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Energetika, infratuzilma, transport, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik.
Xususan, “Aries & Leo Equity Holding”, “Future Farm Solutions”, “Almar Water Solutions”, “IMABE”, “KHESH GROUP”, “Banco Santander”, “Water Challenge” hamda “Systemfoc” kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik.
O‘zaro manfaatli sheriklik uchun ulkan salohiyat va ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarimiz mavjud bo‘lib, mazkur forum iqtisodiy aloqalarimizni yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu samarali forumni tashkil etishda bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizga minnatdorlik bildiramiz”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi