O‘zbekiston TIV rahbari IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi
Noyabr 28, 2025. 16:51 • 39 soniya
• 159TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Дунё» AA muxbiri.
“Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etdik, – yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram kanalida. – Kun tartibimiz keng qamrovli bo‘lib, samarali hamkorlik uchun muhim bo‘lgan yashil energiyadan tortib, o‘zaro bog‘liqlikgacha bir qator masalalarni o‘z ichiga oldi. Biz hammamiz yagona umumiy maqsad sari intilamiz – xalqlarimizning farovonligini oshirish va barqaror rivojlanishni taʼminlash.
Biz katta mintaqamiz va global miqyosda tezkor o‘zgarishlarga guvoh bo‘layapmiz. Mamlakatlarimizning ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi samarali hamkorlik uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida saʼy-harakatlarimizni birlashtirish vaqti keldi.
“Dunyo”AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

