O‘zbekiston va Indoneziya TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi
Noyabr 12, 2026. 17:00 • 2 daq
• 62
TOSHKЕNT, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Indoneziya tashqi ishlar vaziri Armanata Nasir bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Indoneziya tashqi ishlar vaziri Armanata Nasir bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi bugun Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida O‘zbekiston–Indoneziya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik. An’anaviy do‘stona munosabatlarimizni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdik.
Bo‘lajak tadbirlar kun tartibi bo‘yicha fikr almashdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi