Pokistonda qurolli hujum oqibatida 11 nafar politsiyachi halok bo‘ldi
Noyabr 12, 2026. 17:30 • 59 soniya
• 34
ISLOMOBOD, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasining Koxat okrugida yuz bergan qurolli hujum oqibatida kamida 11 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, yana 12 nafari jarohatlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Al Jazeera” telekanaliga tayanib.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar noqonuniy oltin qazib olishga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazish uchun ketayotgan politsiyachilarni o‘qqa tutgan.
Mahalliy politsiya vakili Muhammad Nauman Zebning ma’lum qilishicha, hujum qilganlar beshta xizmat avtomobiliga ham o‘t qo‘ygan.
Qayd etilishicha, so‘nggi oylarda ushbu mintaqada huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan hujumlar soni ortgan.
“ACLED” xalqaro monitoring tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonda terrorchilik xurujlari soni qariyb to‘rt barobarga oshgan, ya’ni 2022-yildagi 658 ta holatdan 2025-yilda 2 ming 425 taga yetgan.
“Anadolu” agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi