O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni TIV rahbarlari telefon orqali Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi
Mart 24, 2026. 19:37 • 2 daq
• 21
TOSHKENT, 24-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali suhbatlashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Hamkasbimizni Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklab, butun musulmon ummatiga tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tiladik.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida izchil mustahkamlanib borayotgan sheriklikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashib, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, barcha masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi