Logo

O‘zbekiston TIV rahbari Xelsinkida Finlyandiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi

Mart 09, 2026. 20:00 • 2 daq

97
O‘zbekiston TIV rahbari Xelsinkida Finlyandiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi

TOSHKENT, 9-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xelsinkida 30 ga yaqin Finlyandiya kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi davra suhbatida nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Xelsinki shahrida Finlyandiyaning “Nokia”, “Wärtsilä”, “EPSE”, “East Office”, “Metso”, “Finnish Water Forum” kabi 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Energetika, tog‘-kon, transport, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar istiqboli haqida yetakchi kompaniyalar vakillari bilan samimiy suhbat qurdik. O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi, ayniqsa, B2B shaklidagi muloqotlarni yo‘lga qo‘yish muhimligini alohida ta’kidladik. Bugungi muloqot yangi qo‘shma loyihalarga va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga olib kelishiga ishonamiz.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish