O‘zbekiston va Pokiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish istiqbollari va mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar

May 16, 2026. 19:10 • 2 daq

21
O‘zbekiston va Pokiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish istiqbollari va mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar

TOSHKENT, 16-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan samimiy va mazmunli telefon muloqoti o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mintaqadagi so‘nggi vaziyat yuzasidan fikr almashib, Pokistonning tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlari muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdik.

O‘zbekiston–Pokiston munosabatlarining bugungi ijobiy dinamikasi va ularni yana-da kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik. Savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash va tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi yaqin muloqotni izchil davom ettirish muhim ekanini taʼkidladik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish