O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiya va yirik xalqaro ot sporti tadbirlari yakunlarini sarhisob qildilar

May 11, 2026. 19:50 • 2 daq

93

TOSHKENT, 11-may. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan yana bir bor taʼkidladik.

Shuningdek, joriy yil 8–10-may kunlari O‘zbekistonda Turkmaniston tomoni va xorijiy mehmonlar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etilgan “Axaltekin otlari – xalqlar do‘stligi ramzi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya hamda yirik xalqaro ot sporti tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tgani haqida so‘z yuritdik.

Ot sporti musobaqalari O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylangani to‘g‘risida umumiy fikr bildirdik.

Ko‘plab sovrinlar bilan bir qatorda, musobaqa g‘oliblarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari nomidan yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdik”.

“Dunyo” AAolgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish