Xorazmning eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
Iyul 18, 2026. 09:10 • 2 daq
• 67URGANCH, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida hududning investitsiya va eksport imkoniyatlarini yana-da rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan qator uchrashuvlar tashkil etildi.
Muzokaralarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini yuksaltirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ishtirokida Xorazm viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, mahalliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Safar davomida Urganch, Xiva shaharlari, Yangiariq, Shovot va Gurlan tumanlaridagi yetakchi sanoat, to‘qimachilik hamda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishildi. Korxonalar rahbarlari bilan muloqotlarda eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish, yangi xorijiy sheriklarni jalb etish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni diplomatik vakolatxonalar orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







