Surxondaryo viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi ish rejalarini muhokama qildilar
Mart 14, 2026. 14:30 • 2 daq
• 79
TOSHKENT, 14-mart. /“Dunyo” AA/. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov raisligida 11-mart kuni O‘zbekistonning xorijdagi qator diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston, Yaponiya, Xitoy, Qatar, Ukraina, Shvetsiya, O‘mon va Tojikistondagi elchixonalari, Rostov-Don va
Mozori-Sharifdagi bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, mintaqaning eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalar va tadbirkorlarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy va grant dasturlari ko‘magida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Termiz shahri, Bandixon va Muzrabot tumanlarida xorijiy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining borishi atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorlikni faollashtirish, turli sohalarda yangi tashabbus va loyihalarni ilgari surish, shuningdek, mintaqaviy biznesning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi