Logo

O‘zbekiston va Vengriyada Madaniyat, fan va innovatsiyalar yilini o‘tkazishga tayyorgarlik faollashtiriladi

Mart 14, 2026. 12:40 • 2 daq

17
O‘zbekiston va Vengriyada Madaniyat, fan va innovatsiyalar yilini o‘tkazishga tayyorgarlik faollashtiriladi

BUDAPESHT, 14-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda Vengriya Madaniyat va innovatsiya vazirligining madaniy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi Anita Kish-Xedi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv 2025-yilning may oyida O‘zbekiston va Vengriya rahbarlari tomonidan eʼlon qilingan 2026-yilda ikki mamlakat o‘rtasida Madaniyat, fan va innovatsiyalar yilini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash, madaniyat, fan va innovatsiyalar sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma madaniy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Vengriya jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan yirik madaniy tadbirlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar chog‘ida bo‘lajak tashriflarni muvofiqlashtirish va ikki mamlakat tegishli idoralarining o‘zaro hamkorligi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Madaniy muloqotni faollashtirish, ijodiy aloqalarni kengaytirish va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd yetildi.

Tomonlar Madaniyat, fan va innovatsiyalar yilining o‘tkazilishi O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lishiga va ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish