Logo

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Xitoy elchisi joriy yilda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar

Yanvar 20, 2026. 14:03 • 26 soniya

20
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Xitoy elchisi joriy yilda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar
“Dunyo” AA olgan surat

TOSHKENT, 20-yanvar. /“Dunyo” AA./ O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Xitoy elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi, xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar 2026-yilda turli darajalardagi tashriflar va muloqotlar rejalashtirilganini mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu tadbirlarni tashkil etish yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish