Logo

“Vesti Turizm” AA: 2025-yil O‘zbekistonga 12 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan

Aprel 06, 2026. 12:28 • 2 daq

49
“Vesti Turizm” AA: 2025-yil O‘zbekistonga 12 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan

MOSKVA, 6-aprel. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Vesti Turizm” axborot agentligida “O‘zbekiston xavfsiz va ochiq turistik yo‘nalish sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda” sarlavhali maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Qayd etilishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasida barqaror ijobiy o‘sishni namoyish etmoqda. Mamlakatga 12 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurgani maʼlum qilingan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga ko‘pdir.

Shuningdek, turistik xizmatlar eksporti 4,8 milliard AQSh dollariga yetgani qayd etiladi. Bu O‘zbekistonning mintaqadagi eng istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashiga dalolat beradi.

Materialda dunyoning ayrim mintaqalaridagi geosiyosiy beqarorlik sharoitida sayyohlar xavfsizligi va qulayligi muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlangan.

“O‘zbekiston barqaror, xavfsiz va ochiq davlat sifatida, barcha millat va din vakillari uchun mehmondo‘stligini saqlab kelmoqda. Turizm sohasidagi islohotlar, zamonaviy infratuzilma va ochiqlik siyosati mamlakatning xavfsiz va jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda”, deya xulosa qilingan maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish