Logo

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada namoyish qilindi

Aprel 06, 2026. 09:00 • 2 daq

214
O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada namoyish qilindi

YEKATERINBURG, 6-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Sverdlovsk viloyati Ural turizm assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yoz–2026” (“Leto–2026”) xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqida maʼlumot berilib, maxsus buklet va jurnallar tarqatildi. Shuningdek, mamlakatimizda xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, infratuzilma va xavfsizlik choralari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun jozibador yo‘nalish ekani taʼkidlandi. Xususan, yurtimiz nafaqat boy tarixiy va madaniy merosga ega turizm markazi, balki gastronomik, tibbiyot, sport, agrar va sanoat turizmi kabi yangi yo‘nalishlar ham jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, yurtimizning turli hududlarida barpo etilgan zamonaviy dam olish maskanlari, ayniqsa, tog‘-chang‘i kurortlarining jozibadorligi haqida ham maʼlumotlar berildi.

Bunday tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va xorijiy sayyohlar oqimini

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish