Kaxa Imnadze: Termiz muloqoti muhim xalqaro kelishuv va amaliy hamkorlik platformaga aylanmoqda
Iyun 04, 2026. 18:55 • 2 daq
• 24
TOSHKЕNT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Kaxa Imnadze “Dunyo” AAga poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi haqida fikr bildirdi:
– Termiz muloqoti muhim xalqaro kelishuv maydoni va amaliy hamkorlik platformasi hisoblanadi. Ushbu nufuzli tadbirning ikkinchi bor o‘tkazilayotgani mazkur tashabbus allaqachon barqaror va izchil jarayonga aylanganini ko‘rsatadi. Bu yig‘ilish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan keng qamrovli mintaqaviy muloqot va hamkorlik siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Termiz muloqotini O‘zbekiston tomonidan so‘nggi yillarda ilgari surilayotgan Samarqand va Farg‘ona muloqot platformalari bilan uyg‘unlikda ko‘rish mumkin. Bu tashabbuslarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugungi muloqotning asosiy mavzusi o‘zaro bog‘liqlik masalasi bo‘lsa-da, uning yanada muhim jihati o‘zaro ishonch muhitini shakllantirishga qaratilgan. Zero, ishonch barqarorlik, tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotning eng muhim sharti hisoblanadi. Bunday platformalar xalqlar, jamiyatlar va madaniyatlarni yaqinlashtirishda muhim ahamiyatga egadir.
Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlarini umumiy tarix va sivilizatsion ildizlar bog‘lab turadi. Bugungi kunda turli ziddiyatlar va bo‘linishlar kuzatilayotgan sharoitda mamlakatlar va xalqlarni birlashtiradigan muloqot maydonlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekistonni ushbu muhim tashabbus bilan yana bir bor tabriklayman. Ayniqsa, mazkur platformalarning bir-birini to‘ldirib, o‘zaro uyg‘unlik yaratayotgani alohida e’tirofga loyiq.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Inger Andersen: O‘zbekiston atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalarida yetakchilikni namoyon etmoqda

Turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson O‘zbekistonning ekologiya masalalari bo‘yicha elchisi etib ham tayinlandi


