“Dunyo” AA taqvimi: 2026-yil 6-iyul
Iyul 06, 2026. 07:00 • 2 daq
• 26
Yilning 187-kuni. Yil yakunlanishiga 178 kun qoldi
O‘zbekistonda:
2002-yil: O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Oqtov shahriga tashrif buyurdi.
2003-yil: O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkiloti davlat rahbarlarining sammitida ishtirok etdi.
2004-yil: O‘zbekiston Prezidenti MDH ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi.
2010-yil: O‘zbekiston Prezidenti Indoneziya, Misr va Fransiyaning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
2012-yil: O‘zbekiston Prezidenti AQSH Kongressi Vakillar palatasi quyi qo‘mitasi raisini qabul qildi.
2015-yil: Hindiston Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
2018 yil: Prezident O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxtiga tashrif buyurdi.
2021-yil: O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi bilan uchrashdi.
2022-yil: O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.
2024-yil: O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2025-yil: O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan telefon orqali samimiy tabrikladi.
Jahonda:
Xalqaro kardiologlar kuni.
Qozog‘istonda – Poytaxt kuni (Ostona).
Litvada – Davlatchilik kuni (Litva qiroli Mindaugasning toj kiyish marosimi).
Malavida – Mustaqillik kuni.
Finlyandiyada – Eyno Leyno kuni (Eyno Leyno fin adabiyotining eng mashhur shoirlaridan biri).
Chexiyada – Yan Gusni xotirlash kuni (Yan Gus Chexiya tarixidagi mashhur diniy islohotchi, universitet o‘qituvchisi va vaʼzxon).
Ispaniyada – “San-Fermin” festivali boshlanadigan kun.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi