O‘zbekistonlik o‘quvchilar Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Alvon yelkanlar” bayramida ishtirok etdi

Iyul 05, 2026. 15:10 • 2 daq

16
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Alvon yelkanlar” bayramida ishtirok etdi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Alvon yelkanlar” bayramida ishtirok etdi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Alvon yelkanlar” bayramida ishtirok etdi

SANKT-PETERBURG, 5-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Sankt-Peterburg hukumati hamkorligida o‘zbekistonlik o‘quvchilarining Rossiyaning Shimoliy poytaxtiga tashrifi amalga oshirildi, “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif 2024-yilda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Xalqaro yoshlar almashinuvi” loyihasi doirasida amalga oshirilib, O‘zbekiston delegatsiyasi bilan bir qatorda Tojikiston, Qirg‘iziston, Moldova, Serbiya, Kuba va boshqa davlatlardan kelgan yoshlar ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari, ijtimoiy muassasalar tarbiyalanuvchilari hamda hamrohlik qiluvchilar o‘rin oldi. Imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun ham tashrif davomida barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Mehmonlar uchun boy madaniy-maʼrifiy dastur tayyorlanib, unda ular Ermitaj, Petropavlovsk qalʼasi, Isaakiy sobori, Rus muzeyi va “Petergof” davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurdi.

Shuningdek, o‘quvchilar Sankt-Peterburg daryolari va kanallari bo‘ylab ekskursiyalar hamda Rossiya Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etdi.

“Alvon yelkanlar” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali konsert va zamonaviy multimedia shousi hamyurtlarimizda katta taassurot uyg‘otdi.

Mazkur safar o‘zbekistonlik yoshlarga Sankt-Peterburgning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan do‘stona muloqot o‘rnatish hamda xalqaro madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish