Logo

O‘zbekiston va Xitoy cho‘llanishga qarshi kurashish yo‘nalishida tajriba almashdi

Fevral 07, 2026. 17:00 • 2 daq

134
O‘zbekiston va Xitoy cho‘llanishga qarshi kurashish yo‘nalishida tajriba almashdi

PEKIN, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Xitoyning Ninsya-Xuey tumanining cho‘llanishga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Xitoyning Toshkentdagi elchixonasi, Ninsya-Xuey tumani Tashqi ishlar boshqarmasi, O‘rmon va cho‘l xo‘jaligi boshqarmasi, Cho‘llanishga qarshi hamkorlik markazi, Ekologik tiklanish bo‘limi, Ninsya o‘rmonlarni o‘rganish va rejalashtirish instituti vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida xitoylik ekspertlar ishtirokchilarni cho‘llanishga qarshi kurashish, sho‘rlangan yerlarni yaxshilash va yuqori samarali suvni tejash usullari haqida to‘xtalib o‘tdi. Hamkorlikning mavjud mexanizmlaridan foydalanish, xususan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ekologik hamkorlik namunasini yaratish borasida ham fikr almashildi.

Muloqot jarayonida “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida Ninsyada tashkil etilgan Cho‘llanishga qarshi hamkorlik markazi bo‘yicha erishilgan amaliy yutuqlar bilan tanishtirdi.

Ishtirokchilar bir xil moʻtadil-kontinental iqlimga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Xitoy qurg‘oqchilik, suv tanqisligi va sho‘rxok tuproqlarni boshqarish kabi umumiy muammolarga duch kelayotgani, ekologiyani himoya qilish va rivojlanishga hissa qo‘shish istagi borligini taʼkidladi. Ikki mamlakatning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida to‘plagan amaliy tajribasi ularning bir-birini to‘ldiruvchi hamkorligiga mustahkam zamin yaratdi.

Cho‘llanishga qarshi kurashish sohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish maqsadida tomonlar joylardagi tajribani o‘rganish uchun mutaxassislarning hududlarga qo‘shma safarlarini tashkil etishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish